Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-sentyabrdan nafaqa miqdorini belgilashda tartib o‘zgaradi

1-sentyabrdan nafaqa miqdorini belgilashda tartib o‘zgaradi

Foto: Xabar.uz

1-sentyabrdan boshlab  nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha, to‘lov muddati 6 oydan 12  oygacha uzaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Bundan tashqari, 122 ming nafar «temir daftar»ga kirgan oila farzandlari, shuningdek 370 ming nafar boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan bolalarga maktabga chiqishi uchun 500 ming so‘mdan beriladi.

Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar ham oliygohlarga kirishda Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotadan foydalanadilar.

«Mehribonlik uylari bitiruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtiriladi.

Jumladan, 18 yoshga to‘lgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi.

Buning uchun, 757 nafar bolaga uy-joy sotib olishga joriy yilda budjetdan 120 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Viloyat hokimlari 1 oktyabrga qadar 757 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlasin.

Yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshiriladi.

Shuningdek, ota-onasidan ajragan talabalarga pensiya to‘lash muddatini amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytirsak, o‘ylaymanki, bu ham adolatdan bo‘ladi.

Ushbu talabalarga zarur adabiyotlar sotib olish uchun har yili bir marta 1,2 million so‘m subsidiya beriladi», dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring