Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

15-may. Kepler qonunlari, 45 soniyalik dahshat, «Qora kvadrat», birinchi bosh vazir va boshqa voqealar

15-may. Kepler qonunlari, 45 soniyalik dahshat, «Qora kvadrat», birinchi bosh vazir va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Butunjahon oila kuni.
  • Mustaqillik kuni (Avstriya, Paragvay).
  • Fors tili kuni (Eron).
  • Falastin qochoqlarini xotirlash kuni (Falastin).

Voqea-hodisalar

  • 1157-yil — Kiyev boyari Petrilaning ziyofatida Suzdal va Kiyev knyazi Yuriy Dolgorukiy zaharlandi.
  • 1525-yil — Tomas Myunser yetakchiligida bosh ko‘targan dehqonlar Frankenxauzendagi jangda tor-mor qilindi. Muqaddas Rim imperiyasidagi dehqonlar urushi nihoyasiga yetdi.
  • 1618-yil — nemis astronomi Iohann Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunlarini kashf qildi.
  • 1648-yil — Vestfal tinchlik shartnomasi tuzilib, Yevropadagi O‘ttiz yillik urush yakuniga yetdi.
  • 1730-yil — qirol Georg II Buyuk Britaniya tarixidagi birinchi bosh vazirni tayinladi. Shu paytgacha 9 yil lord-kansler lavozimida ishlagan Robert Uolpol bosh vazir bo‘ldi.
  • 1756-yil — Angliya Fransiyaga urush ochdi: Yetti yillik urushning boshlanishi.
  • 1768-yil — Fransiya Genuyadan Korsika orolini sotib oldi.
  • 1770-yil — Mariya Antuanetta (14 yosh) va Fransiyaning bo‘lajak qiroli Lyudovik XVI ning (15 yosh) nikoh to‘yi o‘tkazildi.
  • 1800-yil — britan qiroli Georg III ga suiqasd uyushtirildi, og‘ir jarohatlanishiga qaramay, u tirik qoldi.
  • 1811-yil — Paragvay Ispaniyadan mustaqil bo‘lib chiqdi.
  • 1813-yil — Chilining mustaqillik urushi: San-Karlos jangi.
  • 1875-yil — Kolumbiyada 45 soniya davom etgan zilzila 16 ming kishining umriga zomin bo‘ldi. Zilzila bilan bir paytda Kokuto shahri yaqinida vulqon ham otildi.
  • 1902-yil — Portugaliya o‘zini bankrot deb e’lon qildi.
  • 1905-yil — AQShning Nevada shtatida Las-Vegas shahriga asos solindi.
  • 1910-yil — Angliyaning «Skerryworth» yuk tashuvchi paroxodi Gastings yaqinida Germaniyaning besh machtali «J.S.Vinnen» kemasi bilan to‘qnashish oqibatida cho‘kib ketdi. Ekipaj a’zolaridan bir kishi omon qoldi.
  • 1910-yil — Italiya futbol terma jamoasi birinchi o‘yinini o‘tkazdi.
  • 1911-yil — AQSh oliy sudi «Standard oyl» neft kompaniyasini monopolchi deb hisobladi va uni besh korporatsiyaga bo‘lib tashlash haqida hukm chiqardi.
  • 1918-yil — Birinchi aviapochta AQSh poytaxti Vashington va Filadelfiya, Nyu-York shaharlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yildi.
  • 1918-yil — Finlyandiyada fuqarolar urushi tugadi.
  • 1928-yil — «Plane Crazy» multfilmida mashhur Mikki Maus obrazi ilk bor paydo bo‘ldi.
  • 1930-yil — dunyodagi birinchi styuardessa — Ellen Chyorch ishga olindi.
  • 1935-yil — Moskva metropoliteni birinchi liniyasi ishga tushdi.
  • 1940-yil — AQShda birinchi neylon paypoqlar sotuvga chiqarildi.
  • 1941-yil — Angliya Germaniya va Italiyadan so‘ng uchinchi bo‘lib o‘z reaktiv samolyoti(«Gloster E.28/39»)ni uchirdi.
  • 1942-yil — «Boeing 367-80» yo‘lovchi samolyotining ilk parvozi.
  • 1948-yil — sobiq ittifoq Isroil davlatini tan oldi.
  • 1948-yil — Isroil mustaqilligi e’lon qilingan kunning ertasiga (15-may) Arab-Isroil urushining ikkinchi bosqichi (1947 — 1949-yillar) boshlandi.
  • 1955-yil — sobiq ittifoq, AQSh, Angliya, Fransiya va Avstriya o‘rtasida mustaqil va demokratik Avstriyani tiklash haqida shartnoma imzolandi.
  • 1955-yil — fransuzlar Jan Kuzi va Lionel Terray balandligi bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turuvchi Himolaydagi Makalu cho‘qqisi(8462 metr)ni birinchi bo‘lib zabt etishdi.
  • 1970-yil — Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Janubiy Afrika Respublikasini aparteid siyosati uchun musobaqalardan chetlatdi.
  • 1988-yil — Afg‘onistondan sovet qo‘shinlari cheklangan kontingentini olib chiqish boshlandi.
  • 1990-yil — qrim tatarlarini Qrimga qaytarish dasturi qabul qilindi.
  • 1992-yil — Toshkentda imzolangan shartnoma asosida MDH davlatlarining Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tuzildi. O‘zbekiston 1992-yil 15-may — 1999-yil 2-aprel; 2006-yil 16-avgust — 2012-yil 28-iyun oralig‘ida tashkilot a’zosi bo‘lgan.
  • 1992-yil — Ozarbayjonda davlat to‘ntarishi yuz berdi; mamlakatning birinchi prezidenti Ayoz Mutalibov siyosiy muxolifat tomonidan ag‘darildi.
  • 2001-yil — AQShning Ogayo shtatida yuklari orasida xavfli kimyoviy moddalar bo‘lgan poyezd salkam ikki soat davomida 76 kilometr/soat tezlikda 106 kilometr masofani mashinist boshqaruvisiz bosib o‘tdi.

Tavallud kunlari

  • 1845-yil — Ilya Mechnikov, rus biologi va immunologi,ilmiy gerontologiya asoschisi, Nobel mukofoti sohibi.
  • 1848-yil — Viktor Vasnetsov, rus rassomi.
  • 1859-yil — Per Kyuri, fransuz fizigi, Nobel mukofoti sovrindori.
  • 1904-yil — Botu, o‘zbek shoiri va jamoat arbobi
  • 1910-yil — Razzoq Hamroyev, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1914-yil — Tensing Norgey, sherp (Nepal) alpinisti, Edmund Xillari va Jon Xant bilan birgalikda dunyoning eng baland Jomolungma cho‘qqisini birinchi bo‘lib zabt etgan.
  • 1937-yil — Madlen Olbrayt, AQSh davlat kotibi (1997 — 2001-yillar).
  • 1951-yil — Abdusaid Ko‘chimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir va yozuvchi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori.

Vafot etganlar

  • 907-yil — Boris I, bolgar knyazi.
  • 1157-yil — Yuriy Dolgorukiy, Suzdal va Kiyev knyazi, Moskva asoschisi.
  • 1886-yil — Emili Dikinson, amerikalik adiba.
  • 1935-yil — Kazimir Malevich, polyak rassomi, mashhur «Qora kvadrat» muallifi.
  • 2012-yil — Karlos Fuentes, meksikalik yozuvchi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring