Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

15-yanvar kuni respublikamizda havo o‘zgarib turadi

15-yanvar kuni respublikamizda havo o‘zgarib turadi

Foto: «Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 4-6, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib (yomg‘ir, qor), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring