Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

17-aprel. Kolumbning «Hindistoni», soqol solig‘i, mustang,  fuqaroligi yo‘q Nitsshe va boshqa voqealar

17-aprel. Kolumbning «Hindistoni», soqol solig‘i, mustang,  fuqaroligi yo‘q Nitsshe va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Jahon gemofiliklar kuni (qon ivishi patologiyasi bor insonlarga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida o‘tkaziladi).
  • Bayroq kuni (Amerika Samoasi).
  • Yong‘inga qarshi kurashish xizmati kuni (Qozog‘iston).
  • Aksilinqilob ustidan qozonilgan g‘alaba kuni (Kuba).
  • Mustaqillik kuni (Suriya).
  • Bolalarni himoya qilish kuni (Yaponiya).

Voqea-hodisalar

  • 1492-yil — Xristofor Kolumb Hindistonga yangi yo‘l ochish bo‘yicha Ispaniya bilan shartnoma tuzdi.
  • 1555-yil — Kozimo I o‘n besh oylik qamaldan so‘ng Siyenani zabt etdi va Toskanaga qo‘shib oldi.
  • 1610-yil — ingliz tadqiqotchisi Henri Gudzon ekspeditsiyasi boshlandi va u keyinchalik o‘zining nomi bilan atalgan Gudzon ko‘rfazini kashf qildi.
  • 1722-yil — Pyotr I Rossiya imperiyasida soqol qo‘yib yurganlar uchun yiliga 50 rubllik soliq joriy etdi.
  • 1839-yil — Markaziy Amerika respublikalari federatsiyasi tarqab ketgach, Gvatemala vujudga keldi.
  • 1856-yil — Kvebek shahri Kanada poytaxtiga aylandi.
  • 1861-yil — Virjiniya shtati AQShdan ajralib chiqishga qaror qildi.
  • 1869-yil — faylasuf Fridrix Nitsshe Prussiya fuqaroligidan mahrum etildi.
  • 1875-yil — Hindistondagi britan armiyasi polkovnigi Nevill Chemberlen bilyardning «snuker» turini o‘ylab topdi.
  • 1877-yil — Lev Tolstoy «Anna Karenina» romanini yozib tugatdi.
  • 1895-yil — Yaponiya-Xitoy urushining tugashi.
  • 1912-yil — Lenskiy otishmasi. Rossiyaning Bodaybo tumanidagi Lenskiy oltin konida ishchilarning ish tashlashi va hukumat askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 150-270 kishi halok bo‘lgan.
  • 1919-yil — Fransiyada sakkiz soatlik ish kuni joriy etildi.
  • 1924-yil — Hollivudning «Metro-Goldwyn-Mayer» studiyasi tashkil etildi.
  • 1941-yil — Ikkinchi jahon urushi: Yugoslaviya armiyasi taslim bo‘ldi.
  • 1946-yil — Fransiya Suriya mustaqilligini tan oldi.
  • 1961-yil — Fidel Kastro tuzumini ag‘darib tashlash uchun Kochinos ko‘rfaziga kubalik muhojirlarning tushirilishi.
  • 1964-yil — «Ford Motor Company» tomonidan «Ford Mustang» avtomobillarini chiqarish boshlandi.
  • 1969-yil — Buyuk Britaniyada saylovda qatnashish yoshi 21 dan 18 ga tushirildi.
  • 1970-yil — Pol Makkartni birinchi — «McCartney» albomini yaratdi.
  • 1975-yil — Kambodjadagi fuqarolar urushi: qizil kxmerlar poytaxt Pnompenni egallashdi.
  • 1980-yil — Janubiy Rodeziya Zambiya deb atala boshlandi.
  • 1982-yil — Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadani to‘liq mustaqil deb e’lon qildi.

Tavallud kunlari

  • 1573-yil — Maksimilian I, Bavariya kurfyursti, gersog.
  • 1837-yil — Jon Pirpont Morgan, «Jeneral elektrik» kompaniyasi asoschisi.
  • 1866-yil — Ernest Starling, ingliz fiziologi, tibbiyotga «gormon» atamasini olib kirgan.
  • 1911-yil — Erve Bazen, fransuz yozuvchisi, Gonkur akademiyasi prezidenti.
  • 1918-yil — Uilyam Xolden, amerikalik aktyor, «Oskar» sohibi.
  • 1929-yil — Jeyms Last, nemis bastakori, aranjirovkachi va dirijyor.
  • 1959-yil — Shon Bin, britaniyalik aktyor.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring