Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

17-may. «Pakl quroli», Napoleonning chekinishi, rangli fotosurat, Kardiffni sotgan markiz va boshqa voqealar

17-may. «Pakl quroli», Napoleonning chekinishi, rangli fotosurat, Kardiffni sotgan markiz va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Butunjahon elektraloqa va axborot jamiyati kuni.
  • Konstitutsiya kuni (Norvegiya, Nigeriya).
  • Fuqarolik kuni (Kanada).
  • Harbiy-dengiz floti kuni (Argentina).
  • O‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar kuni (Latviya).
  • Agrar islohotlar kuni (Kuba).
  • Otalar kuni (Germaniya).

Voqea-hodisalar

  • 1215-yil — qirol Ioann Yersizga qarshi isyon ko‘targan baronlar Londonni egallashdi.
  • 1302-yil — Bryuggeda hunarmandlar fransuz mustamlakachilariga qarshi bosh ko‘tardi. Flandriyada ozodlik urushi boshlandi.
  • 1497-yil — Vasko da Gama Hindiston qirg‘oqlariga yetib bordi.
  • 1525-yil — Frankenxauzenda Tomas Myunserning dehqonlar armiyasi uzil-kesil tor-mor etildi.
  • 1590-yil — daniyalik malika Anna Shotlandiya qirolichasi bo‘ldi.
  • 1642-yil — Monreal(Kanada)ga asos solindi.
  • 1656-yil — Rossiya Shvetsiyaga urush e’lon qilib, Shimoliy urushga kirishdi.
  • 1718-yil — ingliz yuristi Jeyms Pakl dunyodagi birinchi pulemyot (Pakl quroli) uchun patent oldi.
  • 1787-yil — kuchli shamol Afrikadan Kubaga qullarni olib ketayotgan inglizlarning «Sisters» kemasini ag‘darib yubordi; qariyb 300 kishi cho‘kib ketdi.
  • 1792-yil — Nyu-Yorkda 24 nafar broker fond birjasiga asos soldi. Hozir birja Uoll-Stritga aylangan.
  • 1799-yil — Akrani zabt etishda omadsizlikka uchragan Napoleon Falastindan Misrga chekindi.
  • 1814-yil — Norvegiya birinchi konstitutsiyasini qabul qildi.
  • 1861-yil — dunyodagi birinchi sayyohlik tashkilotiga Tomas Kuk asos soldi. U birinchi sayyohlarni Londondan Parijga yubordi.
  • 1861-yil — Londonda birinchi rangli fotosurat namoyish etildi (illyustratsiyada). Surat fizik Jeyms Maksvell usulida tayyorlangan edi.
  • 1916-yil — Angliya dunyoda birinchi bo‘lib yozgi vaqtga o‘tdi.
  • 1918-yil — Sibirda chexoslovak korpusi isyoni boshlandi. Rossiyada fuqarolar urushining boshlanishi.
  • 1928-yil — Amsterdamda IX olimpiya o‘yinlari boshlandi.
  • 1928-yil — Mussolini Italiyada dunyoda birinchi bo‘lib tezyurar avtomobil yo‘llari xizmatini joriy etdi.
  • 1932-yil — AQSh kongressi Porto-Rikoni Puerto-Riko deya qayta nomladi.
  • 1933-yil — Germaniyada ish tashlashlar taqiqlandi.
  • 1938-yil — Uels markizi Byut Kardiff shahrining yarmini (taxminan 20 mingta uy, mingta do‘kon, 250 ta salon va boshqalar) 20 million funtga sotdi.
  • 1940-yil — fashist bosqinchilari Belgiya poytaxti Bryusselni egalladi.
  • 1944-yil — Qrim ASSR bekor qilindi. Tunda — 18-mayga o‘tar kechasi qariyb 200 ming nafar qrim tatarlari Qrimdan olib chiqib ketilib, Markaziy Osiyo, Uralbo‘yi va Volgabo‘yi yerlariga joylashtirildi.
  • 1955-yil — yaponlarning «Shium Maru» paromi boshqa bir yapon paromi — «Uko Maru» bilan to‘qnashib cho‘kib ketdi; 135 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi bedarak yo‘qoldi.
  • 1959-yil — Kubada yer dehqonlarga berilishi e’lon qilindi.
  • 1975-yil — NBC telekanali «Shamollarda qolgan hislarim» filmini bir marta ko‘rsatish huquqini 5 million dollarga sotib oldi.
  • 1983-yil — Isroil va Livan o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi.
  • 1990-yil — 17-maydan 18-mayga o‘tar kechasi Sterlitamak shahri g‘arbiga meteorit tushdi.
  • 1995-yil — Jak Shirak Fransiya prezidenti sifatida ish boshladi.
  • 1995-yil — Jeneva auksionida «Di» olmosi 16 548 750 dollarga sotildi.
  • 1997-yil — Pol Makkartniga yarim soatda internet orqali 3 milliontadan ortiq savol kelib tushdi (jahon rekordi).
  • 2006-yil — Xalqaro axborot jamiyati kuni birinchi marta nishonlandi.

Tavallud kunlari

  • 1749-yil — Eduard Jenner, ingliz shifokori, chechakka qarshi vaksina ishlab chiqqan.
  • 1886-yil — Alfonso XIII, Ispaniya qiroli (1886 — 1931-yillar).
  • 1904-yil — Jan Gaben, fransuz aktyori.
  • 1947-yil — Halima Xudoyberdiyeva, O‘zbekiston xalq shoiri.

Vafot etganlar

  • 1510-yil — Sandro Bottichelli, italyan rassomi.
  • 1838-yil — Sharl Moris de Taleyran, fransuz siyosatchisi va diplomati.
  • 2012-yil — Donna Sammer, amerikalik xonanda.
  • 2017-yil — Viktor Gorbatko, kosmonavt.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring