Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi poliklinikalar 200 ta zamonaviy ultratovush tekshiruvi apparatlari bilan jihozlandi

O‘zbekistondagi poliklinikalar 200 ta zamonaviy ultratovush tekshiruvi apparatlari bilan jihozlandi

Mamlakatimizning barcha tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining prenatal tashxis xonalari yuqori texnologik imkoniyatga ega bo‘lgan nufuzli «General Electric» kompaniyasining eng zamonaviy 200 ta ultratovush tekshiruvi apparatlari bilan jihozlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

«Ilgari homilador ayollar poytaxtimiz yoki viloyat markazlariga sarson bo‘lib, kelib-ketishgan bo‘lsa, hozirda bunga hojat qolmadi»,-deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov.

Bundan tashqari, ma’lum qilinishicha, avvallari homilador ayollar ultratovush tekshiruvi bilan 40-50 foiz qamrab olingan bo‘lsa, ayni paytda yurtimizda har yili o‘rtacha 700 ming nafar homilardor ayollarimiz yuzfoizskrining tekshiruvi bilan qamrab olinadi. Eng muhimi, 14 haftagacha bo‘lgan muddatdagi homila o‘sishida tug‘ma nuqsonlarni barvaqt aniqlash, o‘limga olib boradigan nuqsonlarga ega bolalar tug‘ilishining to‘liq oldini olish imkoni paydo bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring