Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori ma’lum qilindi

2018-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori ma’lum qilindi

Foto: «Qadriyat.uz»

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati milodiy 2018-yil (hijriy 1439-yil) uchun zakot nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlardagi o‘rtacha narxi 188 235 (bir yuz sakson sakkiz ming ikki yuz o‘ttiz besh) so‘m atrofida ekanini e’tiborga olib, 85 gramm tillo hisobidan zakot nisobi 16 000 000 (o‘n olti million) so‘m ekani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, ya’ni 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m miqdorda zakot chiqarishni ma’qulladi.

Bu yilgi fitr sadaqasining miqdori viloyat, shahar va tumanlarimizning bozorlaridagi 2 kilogramm bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. Masalan, 2018 yilda Toshkent shahar bozorlarida 1 kilogramm bug‘doyning narxi o‘rtacha 2500 (ikki yarim ming) so‘m bo‘lsa, demak, 2 kilogramm bug‘doy narxi 5000 (besh ming) so‘m bo‘ladi.

Bu yilgi fidya miqdori doimiy uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m deb belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring