Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

21 nafar shaxsga soxta ruxsatnoma rasmiylashtirib bergan SEOM bosh vrachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

21 nafar shaxsga soxta ruxsatnoma rasmiylashtirib bergan SEOM bosh vrachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yunusobod tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi T. K.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘g‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh vrach soxta hujjatlar asosida bir necha shaxslarga (karantin vaqtida shaxsiy avtomashinasida  erkin harakatlanish imkonini beruvchi) maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirib bergani aytiladi. Masalan, u «Malibu» avtomashina egasi A. T.ga maxsus ruxsatnoma taqdim etar ekan, bunga u (mashina egasi) SOEMda go‘yoki quruvchi (?!) lavozimida  ishlashi haqida soxta ma’lumotnomani asos qilib ko‘rsatadi. Shunday soxta ma’lumotlar asosida T. K. 21 nafar fuqaroga maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlangan.

Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlar boshlab yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring