Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

25-mart. Venetsiya 1597 yoshda, Boburdan avval Hindistonga borgan Magellan, o‘z jiyani qurboniga aylangan Saudiya qiroli, «Asr xazinasi»ning topilishi, kichik Klichko 42 yoshda va boshqa voqealar

25-mart. Venetsiya 1597 yoshda, Boburdan avval Hindistonga borgan Magellan, o‘z jiyani qurboniga aylangan Saudiya qiroli, «Asr xazinasi»ning topilishi, kichik Klichko 42 yoshda va boshqa voqealar

Fotokollaj: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro qullik va transatlantik qul savdosi qurbonlari xotirasi kuni.
  • Gretsiya mustaqilligi kuni.

Voqyea-hodisalar

  • 421-yil — Venetsiya(Italiya)ga asos solindi. Shahar ahli har yili shu kunni bayram qiladi.
  • 1306-yil — Robert Bryus Shotlandiya qirolligi taxtiga o‘tirdi.
  • 1505-yil — Hindiston va Malakkani zabt etish hamda Hindiston va Misr-arab savdosiga barham berish maqsadida Lissabondan portugal ekspeditsiyasi kemalarda yo‘lga chiqdi. Buning uchun maxsus Hindiston vitse-qiroli lavozimi joriy etilib, unga shu ekspeditsiya rahbari Fransishku Almeyda tayinlandi. Ekspeditsiya a’zolari orasida kambag‘al zodagon, keyinchalik Yer sharini aylanib chiqib nom qozongan Fernan Magellan ham bo‘lgan.
  • 1802-yil — bir tomondan Fransiya, Ispaniya va Bataviya Respublikasi (Hollandiya), ikkinchi tomondan Angliya o‘rtasida «Amen tinchlik shartnomasi» tuzilib, Angliya va Fransiya o‘rtasida ikki yildan beri davom etayotgan urushga nuqta qo‘yildi.
  • 1807-yil — dunyoda birinchi marta Buyuk Britaniyaning Suonsi va Mamblza shaharlari o‘rtasida yo‘lovchilarni temiryo‘l orqali muntazam tashish yo‘lga qo‘yildi.
  • 1949-yil — Estoniya, Litva va Latviyaning o‘n minglab aholisini Sibirga deportatsiya qilish boshlandi.
  • 1957-yil — Rimda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Belgiya, GFR, Fransiya, Italiya, Lyuksemburg va Niderlandiya davlat rahbarlari Yevropa iqtisodiy hamjamiyati(YeIH)ni tuzish bo‘yicha shartnomani imzolashdi.
  • 1975-yil — Saudiya Arabistoni qiroli Faysal ibn Abdulaziz ol Saud o‘z jiyani — shahzoda Faysal ibn Musaid tomonidan otib o‘ldirildi. 18 iyun kuni shariat sudi shahzodaga o‘lim hukmini o‘qidi va uning boshi tanasidan judo qilindi.
  • 1997-yil — argentinalik Herman Moro boshchiligidagi xazina izlovchilar Ekvador qirg‘oqlari yaqinida 1654-yili cho‘kib ketgan «La Capitana» ispan galeonini aniqlashdi. Ekspertlar kemadagi oltin va kumushning qiymati borasida turlicha xulosa berishdi — bir necha milliondan bir necha milliard dollargacha.
  • 2002-yil — epilepsiya geni aniqlandi.
  • 2003-yil — taniqli sayyoh Fyodor Konyuxov va Toni Bullimor yelkanli katamaranda Atlantika okeanini suzib o‘tish bo‘yicha rekord o‘rnatishdi: 9 kun 23 soat 17 daqiqa va 3 soniya.

Tavvallud kunlari

  • 1259-yil — Adronik II Paleolog, Vizantiyaning 1282 — 1328-yillardagi imperatori (1332-yili v.e.).
  • 1479-yil — Vasiliy III Ivanovich, Moskva Rusining so‘nggi knyazi.
  • 1908-yil — Devid Lin, ingliz kinorejissyori («Arabistonlik Lourens», «Doktor Jivago» va boshqalar).
  • 1976-yil — Vladimir Klichko, ukrainalik og‘ir vaznli bokschi, olimpiya chempioni (1996-yil), professionallar o‘rtasida WBO yo‘nalishi chempioni.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring