Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5-yanvardan «Toshkent — Chimkent» yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

5-yanvardan «Toshkent — Chimkent» yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: «E-kyzylorda.gov.kz»

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklanmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligidagi manba xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, 2018-yilning 5-yanvarida texnik (sinov) reys qo‘yiladi. 8-yanvardan boshlab avtobuslarning doimiy qatnovi joriy etiladi. Avtobuslar har kuni 6:00 dan 20:00 gacha bir soat oraliq bilan qatnashi rejalashtirilgan. Qatnov «Toshkent» (O‘zbekiston) va «Chimkent» (Qozog‘iston) avtovokzallaridan boshlanib, shu yerda tugaydi.

Qatnovga eng zamonaviy avtobuslar qo‘yiladi. Ushbu avtobuslar nazorat-o‘tkazish punktlarida navbatsiz, ya’ni birinchi bo‘lib tekshirib o‘tkaziladi, bu orqali ularning postlarda uzoq turib qolmasligi ta’minlanadi. Avtobuslar O‘zbekistonning «G‘ishtko‘prik» va Qozog‘istonning «Jibek jo‘li» punktlaridan o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring