Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8-avgust natijalari: grant bo‘yicha eng yuqori ball Urganchda qayd etildi

8-avgust natijalari: grant bo‘yicha eng yuqori ball Urganchda qayd etildi

Foto: «Tanlov.uz»

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining sakkizinchi kuni – 8-avgust natijalari e’lon qilindi.

DTM axborot xizmatining xabariga ko‘ra, test sinovlari 17 ta oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha o‘tkazilgan, ularda 58 063 nafar abituriyent ishtirok etgan.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 184,3.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 138,3 ni tashkil qildi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti –99,0;

to‘lov-kontrakt – 78,9 ni tashkil qildi.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:

davlat granti bo‘yicha – 184,3 ball, Urganch davlat universitetining «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

to‘lov-kontrakt bo‘yicha – 138,3 ball, Farg‘ona davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili» ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring