Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdug‘ani Abduvaliyev vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdug‘ani Abduvaliyev vafot etdi

Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib Abdug‘ani Abduvaliyev 80 yoshida vafot etdi.

Abdug‘ani Abduvaliyev 1942 yil 23 aprelda Namangan shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. 1964 yili Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 1964-2012 yillarda Samarqand viloyat teatri, Namangan madaniyat boshqarmasida, viloyat radiosida, 1978 yildan «Namangan haqiqati» gazetasida ko‘p yillar adabiy bo‘lim muharriri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Abdug‘ani Abduvaliyev  qator qissa, roman, esse-xotiralari, o‘nlab hajviyalar va teleminiatyuralar muallifidir.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlari va oilasiga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring