Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi «Yilning eng yaxshi»larini aniqladi

Adliya vazirligi «Yilning eng yaxshi»larini aniqladi

Foto:Adliya vazirligi

Adliya vazirligi tomonidan Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan «Yilning eng yaxshi adliya xodimi» hamda «Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi» Respublika ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, «Yilning eng yaxshi adliya xodimi» nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Mirshayev Umid Olimovich;

- ikkinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi bosh maslahatchisi Aldabergenov Isatay Maratovich,

- uchinchi o‘rinni Andijon viloyat adliya boshqarmasi Xuquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Erkinov A’zamjon Azimjon o‘g‘li qo‘lga kiritdi.

«Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi» nominatsiyasi bo‘yicha:

- birinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar adliya bo‘limi,

- ikkinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani adliya bo‘limi ,

- uchinchi o‘rinni, Samarqand viloyati Narpay tuman adliya bo‘limi qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring