Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi piyodalarga qanday holatlarda jarima qo‘llanilishini eslatdi

Adliya vazirligi piyodalarga qanday holatlarda jarima qo‘llanilishini eslatdi

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar qanday holatlarda jarimaga tortilishini eslatdi.

Ushbu normalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasida belgilangan. Ya’ni, yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tish, piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanish, kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qish mumkin emas.

Shuningdek, telefonda videomateriallarni tomosha qilish hamda audiomateriallarni eshitish, shuningdek e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish ham — eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring