Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Adliya vazirligi tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Hasanov Bahrillo G‘aybulloyevich Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

B.Xasanov shu kunga qadar vazirlikning Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, vazirning buyrug‘i bilan Rahmatov Anvar Islomovich vazirlikning yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Rahmatov shu kunga qadar Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring