Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Qodirov tramvayni qaytarishdan arzonroqqa tushadigan taklifni aytdi

Alisher Qodirov tramvayni qaytarishdan arzonroqqa tushadigan taklifni aytdi

«Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov Toshkentga tramvaylarni qaytarishdan ko‘ra arzonroqqa tushadigan taklifni ilgari surdi.

Uning aytishicha, avtobuslarga pul to‘plash rejasi qo‘yilishi tartibsizlikni boshlanish nuqtasi hisoblanadi.

«Avtobusga qanday qilib kunlik reja qo‘yish mumkin? U yo‘lovchi terib yurishi emas, belgilangan vaqtda, belgilangan joyda bo‘lishi kerak! Hatto yo‘lovchisi bo‘lmasa ham! Avtobus harakati uchun alohida, ajratib qo‘yilgan yo‘l bo‘lishi avtobusning aniq grafik asosida harakatini ta’minlaydi (namunali o‘rnak — Istanbul). Menimcha bu tramvay uchun qayta tizim yaratishdan arzonroqqa tushadi», deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, 10 fevralda Samarqandga tashrifi chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvayni qaytarish haqida gapirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring