Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov hali 110-maktabni ta’mirlab bo‘lgani yo‘q

Alisher Usmonov hali 110-maktabni ta’mirlab bo‘lgani yo‘q

Foto: RIA «Novosti»

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Toshkentdagi 110-maktabning ta’miri haqida ma’lumot berib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, matbuotda ushbu maktabni rossiyalik milliarder Alisher Usmonov ta’mirlagani haqida xabarlar tarqagan edi. Vazir ushbu holatga quyidagicha munosabat bildirdi.

— Matbuotda Alisher Usmonov 110-maktabni ta’mirlab bo‘ldi, degan xabarlar tarqadi. Baraka topkurlar, sal nafas rostlashga imkon beringlar. Rahmat Alisher Burxanovichga, maktabni ta’mirlab berishga qaror qilganlari uchun. Ammo hali ta’mir tugagani yo‘q, — deydi Shermatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring