Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Usmonov Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi – OAV

Alisher Usmonov Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi – OAV

Foto: Prezident matbuot xizmati

Alisher Abrorovich Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. Bu haqda hukumatdagi manbalariga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.

Bunga qadar u Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2007 yilda II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Bahodir Toshmatov oktyabr oyida Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibining o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring