Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda uloqqa 100 ming odam keldi. Sulaymon polvon «Kobalt»li bo‘ldi

Andijonda uloqqa 100 ming odam keldi. Sulaymon polvon «Kobalt»li bo‘ldi

Foto: «meros.uz»

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Andijon viloyatida ham qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni ko‘tarinkilik bilan nishonlandi. Ma’lum qilinishicha, bugun viloyatning Ulug‘nor tumanida katta uloq-ko‘pkari bo‘lib o‘tgan.

Uloqni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov shaxsan o‘zi ot minib boshlab bergan. Qiziqarli musobaqasini tomosha qilish uchun 100 mingdan ortiq odam to‘plangan.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, mutloq g‘oliblik Sulaymon polvonga nasib qildi va unga «Kobalt» mashinasi berildi. 2-o‘rinni olgan qirg‘izistonlik Abduholiq polvonga «Spark», 3-o‘rinni egallagan ulug‘norlik Muhammadamin polvonga qimmatbaho sovg‘a berilgan.

Eslatib o‘tamiz, qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan respublikamizning barcha viloyatlarida bayram tadbirlari va ommaviy sayllar bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring