Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda o‘quvchilarni yupun holda tadbirga olib chiqqan maktab direktori va o‘rinbosari ishdan olindi

Andijonda o‘quvchilarni yupun holda tadbirga olib chiqqan maktab direktori va o‘rinbosari ishdan olindi

Foto: Otabek/Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda qahraton sovuq bo‘lishiga qaramay, 43-sonli maktab o‘quvchilari tadbir uchun tashqariga olib chiqilgani surati munozaralarga sabab bo‘lgandi.

Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bu hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Mazkur xabar yuzasidan Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib holat o‘rganilgan:

Joriy yilning 19 noyabr kuni Andijon shahridagi 43-umumta’lim maktabiga «Yangi O‘zbekiston — Yangicha dunyoqarash» shiori ostida mamlakatimizda ko‘zga ko‘ringan ziyolilar, san’at, fan-madaniyat xodimlari hamda faol nuroniylardan iborat targ‘ibot guruhi tashrif buyurgan.

Targ‘ibot guruhi vakillari tashrifida o‘quvchilar yo‘lakka olib chiqilgan. O‘tkazilayotgan tadbirning fotoalbomini yaratish maqsadida mahalla faollari va maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularni rasmga olgan.

«Ishchi guruh rasmdagi bolalar bilan qilgan suhbatida mana shu suratga olish vaqtida 2-3 daqiqa tashqarida qolishganligi, so‘ng ustozlari tomonidan tanaffus vaqti tugamasdan (soat 11:35gacha) ularni sinf xonalariga kirishlari so‘ralganligi ta’kidlandi», deyiladi bayonotda.

Bayonotda aytilishicha, yakuniy xulosaga ko‘ra  43-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi (D.Nasirdinov), maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (S.Ismanova)lar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring