Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylar muammosi joyida o‘rganilyapti

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylar muammosi joyida o‘rganilyapti

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

«Davyergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi hamda Davlat xizmatlari agentligining Andijon viloyati boshqarmasi mas’ullari viloyatda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarning egalari bilan uchrashuvlar tashkil etishdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Har ikki tashkilot vakillari aholiga Vazirlar Mahkamasining 461-sonli qarori mohiyati, o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga egalik huquqini e’tirof etish bo‘yicha 2019-yil 1-mayga qadar davom etadigan umumdavlat aksiyasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.

Ma’lumot uchun: bu xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish kerak. Bugungacha Andijon viloyati bo‘yicha davlat xizmatlari markazlariga shu yo‘sindagi 100 ga yaqin murojaat qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring