Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda soliq inspektori qo‘lga tushdi

Andijonda soliq inspektori qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va DSQning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buloqboshi tumani Davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori M.X. qo‘lga tushdi.

U o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro A.ning otasiga tegishli 0,33 gektar noturar yer maydonining soliq qarzdorligi mavjud bo‘lmasada, ushbu yer maydoni bo‘yicha 30 mln so‘m soliq qarzdorligi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni bartaraf qilib berishi evaziga 15 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring