Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Qozog‘iston fojiasi yuzasidan hamdardlik bildirdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Qozog‘iston fojiasi yuzasidan hamdardlik bildirdi

Foto: instagram/@askar_aktileu

Amerika qo‘shma shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi Qozog‘istonda ro‘y bergan voqea yuzasidan hamkordlik izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz,  bugun, 18-yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi va oqibatda 52 kishi halok bo‘ldi. 

Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining xabariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘l olgan avtobusda jami 57 nafar odam bo‘lgan. Yong‘in chiqqan paytda 5 nafari qochib, omon qolishga ulgurgan, qolgani voqea joyida halok bo‘lgan.

«AQSh elchixonasi barcha amerikaliklar nomidan Qozog‘istonda avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiradi», — deyiladi elchixona sahifasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring