Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arzon uy-joylar bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Arzon uy-joylar bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Foto: «Xabar.uz»

2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Qaror matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:

  • 2018 yil 1 iyuldan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida ipoteka kreditlarini:

a) qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun uy quruvchilarga dastlabki badal:

0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) va 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar uchun – 10 foiz miqdorida;

0,04 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3, 4 va 5 xonali arzon uy-joylar uchun – 25 foiz miqdorida bo‘lishini nazarda tutgan holda;

b) shaharlarda yosh oilalarga, eski uylarda yashovchilarga va turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdorini amaliyotga joriy etgan holda, arzon ko‘p kvartirali uylarni o‘rtacha 15 foiz miqdoridagi dastlabki badal bilan sotib olish uchun berish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.

Mazkur ipoteka kreditlari 2018 yil 1 iyuldan 2020yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.

Eslatib o‘tamiz, arzon uy-joylar uchun dastlabki badal shu kunga qadar sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 25 foizini tashkil etishi lozim edi.

Qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, qishloq joylarda uy-joylar qurishni moliyalashtirish uchun 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring