Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstraliyada harorat ko‘tarilishi sabab yana yong‘inlar xavf solmoqda

Avstraliyada harorat ko‘tarilishi sabab yana yong‘inlar xavf solmoqda

Avstraliyadagi salqin ob-havo va yog‘ingarchilik ham o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam bera olmagan. Meteorologlar taxminiga ko‘ra, salqin ob-havo oqimi mamlakatdan chiqib ketganligi sababli shu haftadan yong‘in yanada keng tarqalishi mumkin. Bu haqida «Reuters» nashri Melburnga asoslanib xabar bermoqda.

Avstraliyadagi so‘nggi to‘rt oy ichida yong‘inlar sabab 34 kishi vafot etdi, millionlab jonivorlarni qirilib ketdi.

Avstraliyaning Viktoriya, Yangi Janubiy Uels va Kvinslend shtatlarida bir haftadan ko‘proq davom etgan kuchli yomg‘ir yong‘inlar hududini ikki baravar qisqartirdi.

Yong‘inlarni bartaraf etishga 1300 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar guruhi safarbar etilgan. Mamlakatda harorat yuqorilab ketgan. Melburn shahridagi harorat 24-yanvarda 41 gradus darajaga etdi.

2020-yil yanvar holatiga ko‘ra, ushbu mavsumda yong‘inlar hududi taxminan 18,6 million gektarga teng bo‘lmoqda. Yong‘inlar 5,900 dan ortiq binolar (shu jumladan 2779 aholi turar joylari)ni vayron qildi. Ekspertlarning prognoziga ko‘ra, taxminan bir milliard hayvon halok bo‘lgan. Ba’zi turlar butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Yong‘inlarni bartaraf etish uchun 4,4 milliard dollar mablag‘ sarflandi. Turizmdan keladigan foyda esa deyarli 1 milliardga qisqargani aytilmoqda. 2020-yil 2-yanvardagi holatga ko‘ra, NASA Avstraliya o‘rmon yong‘inlari natijasida atmosferaga 306 million tonna karbonat angidridni chiqargan deb hisoblagan.

Ta’kidlash joizki, Avstraliyada yonib ketgan o‘rmonlarning maydoni dunyodagi 194 mamlakatning 107 tasidan kattaroqdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring