Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobiliga «migalka» o‘rnatgan hokim jarimaga tortildi

Avtomobiliga «migalka» o‘rnatgan hokim jarimaga tortildi

Foto:«O‘zA»

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilov Ne’matullayevichning davlat raqami 30 330 SAA bo‘lgan «Kaptiva» rusumli xizmat avtomobili old qismiga o‘zboshimchilik bilan «migalka» (stroboskop) o‘rnatilganligi aniqlangan. Bu haqda «O‘zA» yozmoqda.

Holat yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha tuman IIB YHXB Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i katta inspektor leytenant N.Ibragimovga murojaat etildi. Ma’muriy huquqbuzarlik amaldor – tuman hokimining xizmat avtomobili bilan bog‘lik ekanligi uchun turli bahonalar bilan inkor qilinishiga harakat sezildi.

Foto:«O‘zA»

Shundan so‘ng ushbu holat Samarqand viloyat IIB YHXB boshqarmasida muhokama qilindi va boshqarma rahbariyati aralashuvi natijasida huquqbuzarlik yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring