Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAAlik amaldor: «O‘zbekiston fuqarolarimizni kirish vizasidan ozod qilishi Amirlik diplomatiyasining muhim yutug‘idir»

BAAlik amaldor: «O‘zbekiston fuqarolarimizni kirish vizasidan ozod qilishi Amirlik diplomatiyasining muhim yutug‘idir»

Foto:«Uzdaily.uz»

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chet el OAVlarida turizm sohasida islohotlarga munosabatni taqdim etdi.

BAAlik sayyohlar O‘zbekistonga kirish vizasidan ozod etilishiga bag‘ishlangan bir qator maqolalarda BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligining konsullik xizmati boshqarma boshlig‘i Badr Al-Avadiy shunday so‘zlari keltirilgan: «O‘zbekiston hukumatining BAA fuqarolarini kirish vizasidan ozod qilish tashabbusi Amirlik diplomatiyasining muhim yutug‘idir».

Albatta, vizasiz rejimning joriy etilishi yurtimizga xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Fly Dubai avikompaniyasining Dubay va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yishi esa buni yanada rag‘batlantiradi.

Bu boradagi barcha tafsilotlar «Fly Dubai O‘zbekistonga parvozlarning ochilishini Toshkentda nishonlamoqda» maqolasida batafsil yoritib berilgan.

Shuningdek, «O‘zbekistonda yashash qiymati» nomli maqolada sayyohlar uchun zarur barcha mahsulotlarning yurtimizdagi narxlari jadval ko‘rinishida o‘z aksini topgan.

«Qo‘shma viza rejasi Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun eshiklarni ochadi» nomli maqolada Qozog‘iston va O‘zbekiston sayyohlarga bir mamlakatdan boshqasiga erkin sayohat qilish imkonini beradigan qo‘shma «Silk Visa»ni joriy etish rejalashtirganligi va bu reja boshqa davlatlar orasida katta qiziqish uyg‘otgani aytib o‘tilgan.

Fransyada chop etilgan «Turizm: O‘zbekiston 45 davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy qildi» deb nomlanuvchi maqolada esa, Yevropa Ittifoqi fuqarolaridan fransuzlar va nemislar birinchi bo‘lib O‘zbekistonda joriy etilgan vizasiz rejimdan foydalanishdi, deyiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring