Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Ahmedov lavozimidan ozod qilindi

Bahodir Ahmedov lavozimidan ozod qilindi

B.M.Ahmedovni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan Bahodir Majidovich Ahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimida faoliyat yuritgan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan Ahmedov Bahodir Majidovich Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergandik.

B.Ahmedov vazirlikning tuman bo‘limida badiiy rahbar, tuman bo‘limi mudiri, Toshkent shahar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i, vazir o‘rinbosari, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Ayni paytda Chim ustida xokkey federatsiyasi rahbari ham hisoblanadi.

Bahodir Ahmedov 1973-yilda tug‘ilgan. U 1996-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini bitirgan. 2007-yilda Prezident qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring