Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda dehqon bozori yondi

Bekobodda dehqon bozori yondi

Foto: FVV matbuot xizmati

Bugun erta tongda Bekoboddagi dehqon bozorida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

2019 yilning 9 avgust kuni soat 04 dan 55 daqiqa o‘tganda, Toshkent viloyati FVB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga, Bekobod shahar, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan «Bekobod dehqon bozori» MChJ hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in bo‘layotgani haqida xabar tushgan.

Ko‘rsatilgan manzilga, soat 04 dan 56 daqiqa o‘tganda Toshkent viloyati garnizonidan jami 4 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari yo‘naltirilgan. Birinchi yong‘in o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga soat 05 dan 00 daqiqa o‘tganda yetib borgan vaqtda, savdo do‘konlari ochiq alanga bilan yonayotgani aniqlangan.

Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 05 dan 07 daqiqa o‘tganda qurshab olinib, soat 05 dan 25 daqiqa o‘tganda to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida, «Bekobod dehqon bozori» MChJ hududidagi oziq-ovqat pavilonidagi 22 ta savdo do‘konlaridan 6 tasining shifti, tom qismi hamda ichki jihozlari jami 60 kv.metr maydonda yonib zararlangan.

Yong‘indan 768 kv.metr maydondagi 16 ta savdo do‘konlari saqlab qolingan. Yong‘in sababi do‘konlarning elektr tizimida yuzaga kelgan avariya holatidan, deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring