Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bemorlarga order berish tizimi o‘zgardi

Bemorlarga order berish tizimi o‘zgardi

Prezidentning «Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Farmonida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga bepul order berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-noyabrga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimini axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda joriy etadi.

Yangi tartibga muvofiq, endilikda ehtiyojmand oilalar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi asosida aniqlanadi. Shu bilan birga, imtiyozli toifadagi shaxslar uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolanadigan kasalliklar ro‘yxati, tibbiy xizmatlar hajmi va tibbiyot muassasasining darajalari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Shuningdek, imtiyozli toifadagi shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar hajmi, turi va kasalliklar ro‘yxatidan tashqari ko‘rsatiladigan tibbiy va boshqa yordamlar qo‘shimcha hisoblanishi hamda ular tomonidan belgilangan tartibda haq to‘lanishi alohida qayd etilgan.

2021 yilda Sog‘liqni saqlash vazirligiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlari uchun budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha 80 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring