Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

128 kunda javob kelgan murojaat: kim aybdor?

128 kunda javob kelgan murojaat: kim aybdor?

Foto:«Sensorika»

Navoiy shahrida faoliyat olib boradigan “Ishonch Gilam” mas’uliyati cheklangan jamiyati tadbirkorlari tomonidan DXAning Navoiy viloyati boshqarmasiga shikoyat xati tushdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mutasaddilar  korxonaning elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun Navoiy shahar DXMga murojaat qilgan. Markaz mutaxasislari murojaatni elektron tizim orqali MIB Navoiy shahar bo‘limiga yuborgan. Mazkur murojaat bo‘lim tomonidan shu kunning o‘zida Navoiy shahar Elektr ta’minoti korxonasiga yetkazilgan. Ammo, negadir murojaatga 128 ish kunida javob qaytarilgan.

Xuddi shu holatda murojaatchi kimdan norozi bo‘lishi mumkin? Albatta, murojaat tashlagan tashkilotidan, ya’ni Davlat xizmatlari markazidan. Mazkur huquqbuzarlikni Navoiy shahar Elektr ta’minoti korxonasi mas’ul xodimi sodir etgan.Ta’minotchi korxona xodimi aynan shu xizmat turi bo‘yicha hisoblagichlarni yechish, qiyoslashdan o‘tkazish, o‘rnatishni 9 ish kunida amalga oshirishi lozim edi. Biroq, Navoiy shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimi Tavakkal Qodiraliyev (ismi o‘zgartirilgan) uchun 4 oy muddat nega kerak bo‘lgan bu hech kimga ma’lum emas.

Xuddi shu xodim tufayli Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan “Navoiy Omad Savdo” MChJ ham aziyat chekdi. Jamiyat rahbari Bozor Mavlonovning shikoyat xati izidan boshqarma xodimlari tekshiruv o‘tkazdilar. Bu galgi huquqbuzarlik biroz antiqaroq. To‘g‘rirog‘i, elektron tizim orqali elektr energiyasi hisoblagichlari “yechilgan” deb tashlangan xabar joyida borib tekshirilganida hisoblagich yechilmaganligi aniqlandi. Inson omili aralashgan  joyda elektron tizim ham bekor ekan, deb uylab qolasan kishi. Ammo, vakolatli  idora vakillari Davlat xizmatlari tizimini aldagani bilan fuqarolarni avray olmaydilar. Chunki, ishi bitmagan murojaatchi baribir yana Davlat xizmatlari markaziga keladi.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan xujjatlar hamda huquqbuzarning Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i nomiga bergan tushuntirish xatida ham o‘z tasdig‘ini topdi. Yuqoridagi holatlarda Tavakkal Qodiraliyev yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va muddatlarini buzib, bu bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-5-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik holatini sodir etgan. Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan javobgar xodimga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Adham Yarqulov,
DXA Navoiy viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring