Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir qator vazir va hokim o‘rinbosarlariga jazo qo‘llanildi

Bir qator vazir va hokim o‘rinbosarlariga jazo qo‘llanildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi prezidiumining navbatdagi majlisida tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha bosh vazir qabulxonalari faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va hokimliklar rahbarlarining bosh vazir apparatlari orqali yuborilayotgan murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash borasidagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish, yirik ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni ta’minlashda mas’ul shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ular orasida energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Doniyor Madirimov, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Iqboljon Ergashev, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonovlar bor.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari mablag‘larini samarali rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring