Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy ta’lim tizimi islohotlarini yoritib borgan eng yaxshi bloger taqdirlanadi

Oliy ta’lim tizimi islohotlarini yoritib borgan eng yaxshi bloger taqdirlanadi

Foto: «Xabar.uz»

Blogerlar chempionati homiylari soni yana bittaga ko‘paydi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chempionat doirasida «Oliy ta’lim tizimi islohotlarini yoritib borgan eng yaxshi bloger» nominatsiyasini joriy qildi.

Mazkur nominatsiya g‘olibi vazirlik tomonidan munosib taqdirlanadi. G‘oliblar vazirlik axborot xizmati tomonidan aniqlanadi.

Blogerlar chempionatining uchala: saralash, yarim final va final bosqichi uchun topshirilgan ijodiy ishlar mualliflari ushbu nominatsiya g‘olibi bo‘lishi mumkin. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi respublikada oliy ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan har qanday fikrni, blogerlar tomonidan muammolarning yechimi sifatida ko‘rsatilgan takliflarni  olqishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Blogerlar chempionati uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. keyingi bosqichga eng yuqori ball to‘plagan 50ta bloger yo‘l oladi. 50-o‘rin bilan ballari teng bo‘lib qolgan navbatdagi blogerlar ham keyingi bosqichga qo‘yiladi. Finalda 20 nafar bloger qatnashadi. G‘olib va sovrindorlar 14-iyun — Xalqaro blogerlar kunida tantanali ravishda taqdirlanadi.


Mavzuga doir:
Qo‘llanma: Blogerlar chempionatida qanday ishtirok etish mumkin?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring