Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolaning begonasi bo‘lmaydi

Bolaning begonasi bo‘lmaydi

Foto: «Xabar.uz»

Bola — poshsho, degan naql bor. Xalqimiz bolani begona ham sanamaydi. Ularning shirin so‘zlari, go‘zal tabassumi uchun har narsaga tayyormiz. Bunday baxtga nogironligi bo‘lgan yoki biror dardga chalingan murg‘ak qalb egalari ham haqlidir.

Toshkent shahar dahasidagi 208-ixtisoslashgan maktabda bir ajoyib an’ana bor ekan: har bir bayramda o‘quvchilar uyidan nima topsa, maktabga to‘plasharkan va mehribonlik uylari, keksalar pansionati, shifoxonalarga ko‘ngilli tarzda yetkazisharkan.

Yangi yil bayrami arafasida ana shu maktabning yana bir guruh faol bolalari nima topsa, ko‘ngildan chiqarib sovg‘alar olishdi. 15-dekabr kuni bir guruh maktab o‘quvchilari Toshkent shahar onkologik shifoxonasida davolanayotgan bolalarning holidan xabar olishdi, bayram sovg‘alarini ulashishdi.

Shundan keyin yosh ko‘ngillilar guruhi Qibray tumaniga yo‘l oldi. U yerdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan mehribonlik uyida ham tengdoshlariga mehr va quvonch ulashishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring