Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabiga germaniyalik ekspert tashrif buyurdi

Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabiga germaniyalik ekspert tashrif buyurdi

Foto: «Oila» IATM Toshkent viloyati boshqarmasi

Vazirlar Mahkamasi «Oila» IATM taklifiga ko‘ra, O‘zbekistonga Nemis iqtisodiyoti va xalqaro hamkorlik fondining Bosh ekspertlar xizmati (SES) eksperti, falsafa fanlari doktori, siyosatshunos va olim Yurgen Vermzer tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Oila» IATM Toshkent viloyati boshqarmasi.

Vermzer o‘z tashrifi doirasida Toshkent viloyati Parkent tumanida loyiha sifatida 2018-yilning avgust oyida ish boshlagan «Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» faoliyati bilan yaqindan tanishdi. «Oila millat iftixori, yurt tayanchi, kelajak poydevori» mavzuida bo‘lajak kelin-kuyovlarga huquq, ma’naviyat, reproduktiv salomatlik, din aa iqtisod bo‘yicha berilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

«Loyihadan ko‘rinib  turibdiki, bu o‘quv kurslarida bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarni hayotga tayyorlash, er-xotin, qaynona-qaynota oldida burch va vazifalari borasida ham zamonaviy, ham milliy yondoshilgan. Ikkinchidan, uni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etilgan loyiha deb aytish mumkin. O‘ylaymanki,  nikohlanuvchilarga mo‘ljallangan bu loyiha kelajakda respublika miqyosida  ham oilalarni farovon, baxtli hayot kechirishiga  va o‘z o‘rnida ajrimlarning oldini olishda yaxshi samara beradi».-deb e’tirof etdi Vermzer o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatarkan.

Tadbirda Parkent tumani hokimi, «Oila» IATM Toshkent viloyati boshqarmasi, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Toshkent viloyati «Adolat» SDP Kengashi raisi va boshqa tuman mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan yurtimizda oila institutining jamiyat rivojidagi rolini mustahkamlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring