Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Xorazmdagi mudhish qotillik yuzasidan ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Xorazmdagi mudhish qotillik yuzasidan ma’lumot berdi

Foto:«Xabar.uz»

13-may kuni Xorazm viloyati, Shovot tumani, «Arbek» mahallasida yashovchi fuqaro M.O. (1973-y.t.) turmush o‘rtog‘i F.E.ni rashk qilib, kelib chiqqan janjalda oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan, oqibatda F.E. (1978-y.t.) voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida tuman prokuraturasi tomonidan M.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. M.O. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring