Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura 18 nafar shaxsni rag‘batlantirdi

Bosh prokuratura 18 nafar shaxsni rag‘batlantirdi

Foto: Xabar.uz

Bosh  prokuratura tomonidan 2021-yilda jami 18 nafar shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganligi yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashganligi sababli rag‘batlantirildi. 

Qayd etilishicha, ushbu xabarlar asosida 16 ta holatda pora olish va 2 ta holatda budjet mablag‘larini juda ko‘p miqdordagi qiymatda talon-toroj qilish jinoyatlari fosh etilib, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlangan.

«Albatta, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda aholining barcha  qatlamlari  faol  ishtirok  etib  kelayotganligi  quvonchli holdir. Shu bois, barcha fuqarolarni jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda faol  ishtirok etishga chaqirib  qolamiz», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring