Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura: noqonuniy muomalaga kiritilgan 1,3 million AQSh dollaridan ziyod pul olib qo‘yildi

Bosh prokuratura: noqonuniy muomalaga kiritilgan 1,3 million AQSh dollaridan ziyod pul olib qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi departament organlari tomonidan 2018-yilning o‘tgan davrida soliq bazasini kengaytirish va uni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlash, valyuta mablag‘larining noqonuniy aylanmasiga barham berish, jinoiy daromadlarni legallashtirishga hamda korrupsiyaga va «xufyona» iqtisodiyotga qarshi kurashish, shu bilan birga tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berdi.

Xususan, soha xodimlari tomonidan joylarda qonunchilikda taqiqlanmagan faoliyat bilan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan shug‘ullanib kelgan shaxslarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilishi natijasida 1.391 nafar shaxslarning faoliyatiga qonuniy tus berilib, ularda 1.452 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jinoyatlarni bevosita tezkor yo‘llar bilan aniqlash orqali soliq bazasini kengaytirish ishlari kuchaytirildi.

Tezkor tadbirlar natijasida 20.723 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, 1.361 ta jinoyatlar fosh etildi va 1.354 ta ma’muriy ishlar yuritildi.

Xususan, tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq 202 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, hisoblangan mablag‘lar va aniqlangan zarar miqdori 525,5 mlrd. so‘mni, undirilgani 160,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Shu jumladan, budjetga 303,3 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘lar hisoblanib, 112,4 mlrd. so‘mining undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, xorijiy valyutaning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida keng qamrovli tezkor tadbirlar o‘tkazilib, natijada, jami 1099 ta qonunbuzilishlar aniqlanib, huquqbuzarlardan noqonuniy muomalaga kiritilgan 1 mln. 350 ming AQSh dollari va 3 mlrd. 200 mln. so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring