Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura paxta tozalash sexidagi qing‘irlikni fosh etdi

Bosh prokuratura paxta tozalash sexidagi qing‘irlikni fosh etdi

Surxondaryodagi paxta tozalash korxonalaridan birida 214,4 mln. so‘mlik chigitni o‘zlashtirish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, viloyatdagi paxta tozalash korxonalarining birida sex boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan S.S. go‘yoki belgilangan tartibda saqlanmaganligi, sifati buzilganligi natijasida ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan 5 turdagi umumiy qiymati 214,4 mln. so‘mlik 72 tonna sara urug‘lik chigitlarni soxta dalolatnomalar rasmiylashtirgan holda chiqim qilib, juda ko‘p miqdordagi davlat mulkini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring