Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror termizlik yoshlar bilan jonli muloqot o‘tkazdi

Bosh prokuror termizlik yoshlar bilan jonli muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov va Adliya vaziri Ruslanbek Davletovlar Termiz Davlat universitetining huquqshunoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalari bilan uchrashishdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuror yoshlarni 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan muborakbod etib, O‘zbekiston prokuraturasi organlari tarixi, tizimi va xodimlarni xizmatga qabul qilish tartib-taomillari, prokuror vakolat muddatlari, Departament va MIB faoliyati bilan bog‘liq savollarga batafsil javob berib, yoshlarning takliflarini tingladi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbat davomida Bosh prokuror bo‘lajak huquqshunoslarni mukammal bilim olishga va har doim adolatli bo‘lishga chorladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring