Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir o‘rinbosari Sirdaryoda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Bosh vazir o‘rinbosari Sirdaryoda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Foto: «Xabar.uz»

14-aprel kuni Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva raisligida Sirdaryo viloyatida mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar ishini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raislari, mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash hamda davlat rahbarining viloyatga qilgan tashrifida belgilab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olish maqsadida tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring