Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘ston tumaniga yana ayol hokim tayinlandi

Bo‘ston tumaniga yana ayol hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Unda Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi lavozimiga Nosirova Sanobarxon tayinlandi, deya xabar bermoqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna 1970-yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini hamda 2005-yilda Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1992-yili Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Savoy qishloq xo‘jalik texnikumida o‘qituvchilikdan vazifasidan boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, tumanning avvalgi hokimi Sadbarxon Mamitova iyul oyi oxirida olamdan o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring