Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bozorim ham, mozorim ham mana shu yer» — Mirziyoyev

«Bozorim ham, mozorim ham mana shu yer» — Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Jizzax viloyatida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Amaldagi davlat rahbari o‘z nutqini O‘zbek tili bayrami bilan tabriklash orqali boshladi.

— Hech qaysi viloyatda so‘zga chiqqanimda bunday hayajon bo‘lmagan. Chunki, sizning oldingizda menda mas’uliyat katta. Mening bozorim ham, mozorim ham mana shu yer — Jizzax.

So‘zimning avvalida sizlarga va sizlarning timsolingizda, mehnatkash va olijanob Jizzax ahliga, o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromimni bildiraman.

Fursatdan foydalanib, barchangizni, butun xalqimizni bugungi qutlug‘ ayyom – «O‘zbek tili bayrami kuni» bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Men, mana shu qadimiy va tabarruk zaminda tug‘ilib o‘sganimdan, unga farzandlik mehri bilan bog‘langanimdan hamisha faxrlanaman.

Bugun ham huzuringizga ulkan mehr va sog‘inch bilan, sizlarning oq fotiha va ezgu duolaringizni olish uchun keldim, desam, ko‘nglimdagi gapni aytgan bo‘laman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring