Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun hududlarda ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi

Bugun hududlarda ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 16-avgust kuni kutilayotgan ob-havo e’lon qilindi. 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring