Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin.

Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring