Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonga sovuq havo massasi kirib keladi

Bugun O‘zbekistonga sovuq havo massasi kirib keladi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni respublikamizga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 4-9° iliqgacha, shimolda 1-6° iliqgacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning birinchi yarimda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduz kuni 5-7° iliqni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring