Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugungi ob-havo: mutaxassislar aholini ogohlantirdi

Bugungi ob-havo: mutaxassislar aholini ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

Bugun 18-avgust kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Kunduzi havo harorati 30-35° gacha biroz pasayadi.

Poytaxtimizda havo quyoshli bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 33-35° atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Bugun tush payti magnit bo‘ronining G4 darajaga ega 6 ballik o‘ta faol bosqichi kuzatiladi. Meteorologlar ko‘pchilik aholi salomatligida muammolar paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan. 

Bugun kun davomida G3 va G4 darajaga ega 5-6 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring