Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serjilo Samarqandga fotosayohat

Serjilo Samarqandga fotosayohat

Foto: «Xabar.uz»

Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand. Bu bejizga aytilgan gap emas.

Samarqand shahri qadimiylik va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan maftunkor shaharlardan biri. Ayni paytda shahar bo‘ylab obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ko‘chalari soya-salqin, har qadamda shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan gullar, favvoralar bahri dilingizni ochadi.

Har safar Samarqand shahriga tashrif buyurar ekanmiz, shaharning yangilanganiga guvoh bo‘lamiz.

Qadim tariximizdan so‘zlab turgan minoralar bizni o‘ziga ohanrabodek tortaveradi. O‘zingiz bilmagan holda o‘tmish voqealariga singib ketaverasiz. Mehmondo‘st xalqi esa har doim yuzlarida tabassum bilan bizni qarshi olishdan tolmaydi.

Bu yerga nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyodan millatimiz tarixi, o‘zligimizning serjilo ifodasini ko‘rgani keluvchilar bisyor. Bu yerga qadam qo‘yar ekansiz, beixtiyor kamerani qo‘lga olasiz. Har bir fursatni kameraga muhrlagingiz keladi. Hech bir soniyani o‘tkazib yubormaslikka intilasiz...

«Xabar.uz» fotomuxbiri Solijon Zoirov Samarqandda bo‘lib, o‘z taassurotlarini fotolarga muhrladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring