Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Buxoro» aeroporti yana MDHda eng yaxshi deb topildi

«Buxoro» aeroporti yana MDHda eng yaxshi deb topildi

Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari Fuqaro aviatsiyasi «Aeroport» assotsiatsiyasi konferensiyasida «Buxoro» xalqaro aeroporti 2018 yil yakuni bo‘yicha «MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi aeroporti» nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR-markazi xabar bermoqda.

Shuningdek, «Buxoro» aeroporti direktori T.Bahronov MDH davlatlari «Aeroport» Fuqaro aviatsiyasi assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, «Buxoro» xalqaro aeroporti 2017-yil natijalariga ko‘ra ham «MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi aeroport» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring