Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Buxoro viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: O‘zA

Ahror Aminovich G‘ulomov Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ahror G‘ulomov 1970-yil 20-dekabrda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 1996-yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2006 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (sirtqi)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996-yilda G‘ijduvon tumanidagi 1-sonli maktab o‘qituvchisi sifatida boshlab, «Biotexmed» MChJ mutaxassisi (1997–2001), Yakkasaroy tovar ishlab chiqaruvchilar markazi rahbari (2002), Yakkasaroy tumani tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi (2003–2005), Yakkasaroy tumani Statistika bo‘limi boshlig‘i (2005–2007), Yakkasaroy tumani hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari (2007–2008), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Yakkasaroy tumani bo‘limi boshlig‘i (2008–2011), O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Yakkasaroy tumani bo‘linma boshqaruvi raisi (2011–2013), O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi o‘rinbosari (2013–2015), O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi (2015–2017), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Buxoro viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari (2017–2020) lavozimlarida ishlagan.

Ahror G‘ulomov ayni paytga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Yo‘ldosh G‘afurovich Jumayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga binoan Buxoro viloyati hokmining o‘rinbosari — viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring